Ma’lumotlarga ko‘ra, “Al-Hilol” “Sevilya”ga 19 million yevro va darvozabon Yasin Bono uchun yana 2 million yevro bonus to‘laydi. Hozirda klub futbolchi bilan shaxsiy shartlarni yakunlash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va yaqin orada to'liq kelishuvga erishilishi kutilmoqda. Avvalroq "Bavariya" Saudiya klubi taklif qilgan maoshga mos kela olmagani uchun Bono bo'yicha muzokaralardan voz kechgan edi. O'tgan mavsumda Yasin "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yin o'tkazdi va JCh-2022da eng yaxshi uchta darvozabondan biri sifatida e'tirof etildi. U 2020 yildan buyon Andalusiya klubi safida. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning taxminiy bozor qiymati 2025 million yevro atrofida.